

Bir yil avvalgidek keyingi bosqich taqdiri "Stemford Bridj"da hal bo'ladi. Bir tomonda dastlabki o'yinni o'z maydonimizda o'tkazishimiz ham yomon emas. O'tgan mavsumda biz buni isbotlagandik. "Chelsi" bilan bo'lgan to'qnashuvimizda kuchlar teng kelgandi. Faqatgina mehmonda kiritilgan gollar evaziga "Chelsi" keyingi bosqichga yo'l olgandi. To'g'risini aytganda, menga mehmonda urilgan gol qoidasi yoqmaydi. Gol qayerda urilganidan qatiy nazar bir xil bo'lishi lozim. Biroq futbolda ushbu qoida bor va barcha bu qoidaga amal qilishi lozim. Bu safar o'z uyimizda "Chelsi"dan gol o'tkazib yubormasligimiz kerak.



