Luish Kashtru: "Ertaga qiyin o'yin bo'ladi"

Alisher
11 avg 2020
"Shaxtyor" bosh murabbiyi Luish Kashtru Yevropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Bazel"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"50ga 50. Men musobaqaga, raqibga, jamoamga va o'zimga nisbatan katta hurmatim tufayli bir narsa deya olmayman. Hozir hech narsa haqida o'ylamayapman.

Bizning miyamizda faqat "Bazel". Agar o'tadigan bo'lsak, kim bilan o'ynashimizning farqi yo'q. Faqat ertangi o'yinni o'ylaymiz. O'yin davomida butunlay boshqacha daqiqalar bo'lishini bilamiz. Biz bunga albatta tayyormiz.

Raqib kuchli yarim himoyachilariga ega juda yaxshi jamoa. Bundan tashqari ularda kuchli mudofaa ham mavjud. Ertaga qiyin o'yin bo'ladi," - deydi Kashtru.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com