Luis Suaresning “quruq” ceriyasi davom etadi

“Atletiko M” YCHL guruh bosqichi 3-turi doirasida “Lokomotiv M” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Madridliklar safida Luis Suares maydonda 90 daqiqa harakat qildi. Urugvaylik hujumchi YCHL safar o'yini doirasida yana gol ura olmadi va o'zining “quruq” ceriyasini davom ettirdi. Luis YCHL doirasida ketma-ket 23 ta safar o'yinida gol ura olmadi. Bu vaqt hisobida 34 soat 20 daqiqani tashkil etmoqda. U so'nggi bor “Barselona” safida 2015 yil YCHL safar o'yinida gol urgan.


Manba: MisterChip