Luis Felipe Skolari: “Mourinyo barchani Neymarga qarshi qaratib qo'ymoqda”

“Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari, “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo tomonidan har doim tanqid qilinadigan “Barselona” klubi hujumchisi Neymarni, himoya qilishga kirishdi.
“Mourinyo o'z vazifasini bajarishi kerak. U Neymarning Messi va Ronaldu bilan deyarli bir pog'onada borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Shu sababli vaqti kelganda, Chempionlar ligasi doirasida “Chelsi” va “Barselona” klublari to'qnash kelishidan oldin o'zini himoya qilib qo'ymoqchi.

Mourinyo atayin barchani Neymarga qarshi qaratib qo'ymoqda. Uning uslubi o'zi shunaqa”, - deya ta'kidladi Skolari. 

Manba: sports.ru