Luis Felipe Skolari: "Germaniyaga qarshi o'yingacha Neymarning tiklanishi qiyin"

Aziz Tukhtamuradov
5 iyul 2014
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Neymarning yarim finalda o'ynay olishiga ko'zi etmayapti.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Kolumbiyaga qarshi o'yinning 88-daqiqasida jarohat oldi va uni zambilda ko'tarib olib chiqib ketishdi. O'yindan so'ng u shifoxonaga yotqizildi.
"Germaniyaga qarshi o'yingacha Neymarning tiklanishi judayam qiyin. Men sizga shifokorning gaplarini aytyapman", - deydi Skolari.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net