

28 yoshli vinger agenti orqali o'z xohishini kataloniyaliklarning sport direktori Dekuga etkazdi.
Oldinroq, "Barselona"ning ushbu yozda hujumning chap qanotiga o'yinchi xarid qilmoqchi ekani va Diasning nomzodini ko'rib chiqayotgani xabar qilingandi.
Kolumbiyalik joriy mavsum "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.



