Lui van Gal: Di Mariya har qanday himoyaga vahima soladi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2014
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Lui van Gal Real yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning o'tishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
– Anxel – jahon darajasidagi yarim himoyachi, undan ham muhimi – jamoaviy o'yinchi. Uning qobiliyatli ekaniga shubha yo'q.

Di Mariya juda tezkor va har qanday himoyaga vahima sola oladi. Uning driblingi, hujum potenciali va raqibni aldab o'tishlarini ko'rib muxlislar maza qilishadi.

Anxel – jamoa uchun ajoyib xarid, – deydi gollandiyalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Di Mariya MYUga 59,7 million funt evaziga ko'chib o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru