Lui van Gaal: "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba juda muhim bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
21 mar 2016
"Manchester Yunayted" ustozi Lui van Gaal "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Men baxtli murabbiyman. O'yinning birinchi bo'limida juda yaxshi o'ynadik va gol urdik. Ikkinchi bo'limda bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik. Raqib esa gol ura olmadi. "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba biz uchun juda muhim edi. Biz "Vest Xem"ga yaqinlashib oldik. Chempionlar ligasiga yo'llanma olish? Buni ayta olmayman", - deydi murabbiy VVS nashriga.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com