

Xayrlashuv maktubida futbolchi shunday deydi:
"Men uzoq o'yladim va shunday qarorga keldim. O'sha kun keldi, men terma bilan xayrlashishim kerak. Shunday bo'lsada, men terma jamoaning ashaddiy muxlisi bo'lib qolaveraman.
Oxirgi besh yilda biz birgalikda erishgan yutuqlar - bu tarixning ajoyib sahifasi. To'g'risi, bularning barchasi tush emasmikin deb o'ylab qolaman. O'sha lahzalar yuragimda mangu qoladi.
Lovren 2009 yildan buyon Xorvatiya milliy termasi sharafini (78 ta o'yin) himoya qilardi. Jamoa bilan u 2018 yil jahon vice-chempioni va 2022 yil JCH bronza medalini qo'lga kiritgan.



