"Los-Anjeles Gelaksi" Kavaniga taklif bilan chiqdi

19 noya 2019, 20:05
"Los-Anjeles Gelaksi" PSJ forvardi Edinson Kavaniga shartnoma taklif qildi, deya ma'lumot berdi jurnalist Nikola Skira.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv varianti 2021 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan va Kavanining klubdagi yillik maoshi 7 million evro bo'ladi. 

Kavanining PSJ bilan shartnomasi 2020 yil yozida yakuniga etadi, lekin u kelayotgan qish mavsumida klubini o'zgartirish huquqiga ega. Parijliklar ham uni jamoada olib qolmoqchi emas.

Shuningdek, 32 yoshli urugvaylikka Madridning "Atletiko" va "Inter Mayami" (Devid Bekxem jamoasi)dan qiziqish bo'lmoqda.


Manba: twitter.com/NicoSchira