Loris: "Tez orada Pogba Premer-liganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi"

Aslanov Jasurbek
11 dek 2016
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan oldin raqib futbolchisi va hamyurti Pol Pogba haqida iliq fikr bildirdi.

"Polning transfer narxi tufayli, uning atrofida katta bosim paydo bo'lgan, ammo unga to'liq ishonaman. Pogbada g'olib ruhi bor va u murabbiy hamda jamoadoshlarini hurmat qiladi. Pol hozir Premer-ligaga ko'nikmoqda, ammo tez orada Angliyaning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi" - deydi Loris.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le10Sport