Loris Keynning xatosi haqida: "Xarrini bunday xafa holatda ko'rish og'ir"

Aslanov Jasurbek
11 dek 2022, 21:29
Fransiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Loris Angliyaga qarshi bahsda Xarri Keyn ura olmagan penalti haqida fikr bildirdi.

Fransiya ushbu bahsda 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. "Tottenxem" forvardi 84-daqiqada penaltidan gol ura olmadi.

"Jamoadoshingni bunday xafa holatda ko'rish og'ir. Baxtimizga u 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirmadi. Bu Fransiya uchun yaxshi, ammo jamoadoshingni og'ir holatda ko'rish biroz yoqimsiz.

To'g'ri, xursandman, ammo raqibni hurmat qilaman. Olg'a harakatlanishda davom etish kerak" - deydi Loris.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport