Loris Karius: “Mening xatolarim sabab “Liverpul” sovrinsiz qoldi”

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2018
Kechagi final antiqahramonlaridan biri “Liverpul” darvozaboni Loris Karius uchrashuvdan so'ng ko'zida yosh bilan intervyu berdi.

“Hozir hech narsani xis qilmayapman. Bugun men jamoamning mag'lubiyatiga sababchi bo'ldim. Xatolarim qimmatga tushdi. Klub rahbariyati, jamoadoshlarim va albatta muxlislarda buning uchun kechirim so'rayman. 

O'tkazib yuborgan gollarim sabab jamoam sovrinsiz qoldi. Hozir juda og'ir palla. Lekin hayot davom etadi. Men boshimni ko'tarib, ishlashda davom etishim kerak”, – dedi darvozabon. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: