Lopetegi: "Bizga Deulofeuning o'yini yoqadi, u Ispaniya terma jamoasiga yordam bera oladi"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2017
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi milliy jamoaga "Milan" hujumchisi Xerard Deulofeu chaqiriligani borasida izoh berdi.

"Deulofeu - avvalgi klubida barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchi. "Milan"da u birinchi rolga chiqdi va o'z o'yinini kuchaytirdi. Bizga Deulofeuning o'yini yoqadi, u Ispaniya terma jamoasiga yordam berishi mumkin" - deydi Lopetegi.

24 mart kuni ispanlar JCH-2018 saralash turniri doirasida Isroil terma jamoasiga qarshi bahs o'tkazadi. 28 mart kuni esa Fransiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca