Londonning ikki klubi Maguayrga davogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
21 may 2023
"Manchester Yunayted" yozda markaziy himoyachi Xarri Maguayrni sotib yuborishga qarshi emas.

"Transfer News Central" xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" va "Vest Xem" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Mankunianliklar Maguayrni 2019 yil "Lester"dan 87 mln evro evaziga sotib olgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar davom etadi. U ushbu mavsumda APLning 15 o'yinida ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Transfer News Central