"Parma" hujumchisi Angliyaning uchta klubi e'tiboriga tushdi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025, 19:53
"Tottenxem", "Vest Xem" va "Nottingem Forest" "Parma" hujumchisi Mateo Pelegrinoga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Tuttosport" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Italiya klubi 23 yoshli argentinalik futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, ammo 2026 yilning erta emas.

Pelegrino shu yilning mart oyidan buyon "Parma"da o'ynamoqda va 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 7 o'yinda 5 ta to'p kiritdi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 6 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport