

"Shporlar" 27 yoshli futbolchi uchun 25 mln. funt sarflashga tayyor.
Sigurdsson oldinroq "Tottenxem" safida to'p tepgan, ammo 2014 yilning yozida 10 mln. evro evaziga "Suonsi"ga o'tgan edi. O'shanda 4 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzilgan.
"Tottenxem" avvaliga "Everton" futbolchisi Ross Barklini xarid qilmoqchi edi, ammo liverpulliklar o'z futbolchisi uchun 50 mln. funt talab qilishdi.
Sigurdsson joriy mavsum APLning 37 ta uchrashuvida 9 ta gol urdi va 13 ta golli pas berdi.



