

Bu haqda "irislar" bosh murabbiyi Ronald Kuman ma'lum qildi. Oldinroq, "Suonsi" islandiyalikni 45 mln. funt evaziga sotmagani ma'lum bo'lgandi.
"Biz Sigurdssonni xarid qilishga yaqinmiz, ammo biroz kutib turish lozim. Hamma bizga uch futbolchi kerakligini biladi, ularning ikkisi hujumchi" - deydi Kuman.
So'nggi mavsum Gilfi Sigurdsson APlning 38 ta uchrashuvida 9 ta gol urdi va 13 ta golli pas berdi.



