London klubi mavsum oxirida murabbiyi bilan xayrlashadi

Aslanov Jasurbek
6 may 2024, 22:52
Devid Moyes "Vest Xem" bosh murabbiyligidan ketadi.

London klubi rasmiy saytining ma'lum qilishicha, mutaxassis mavsum oxirida jamoa bilan xayrlashadi.

Oldinroq, "Vest Xem"ni Xulen Lopetegi boshqarishi e'lon qilingan edi.

Moyes 2019 yilning dekabridan beri londonliklar bilan ishlab kelmoqda.

"Vest Xem" uning qo'l ostida Yevropa ligasi yarim finaligacha bordi va o'tgan mavsum Konferenciyalar ligasida zafar quchdi.

APL JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: whufc.com