"Lokomotiv"ning to'rtta yoshdagi guruhi Turkiyadagi musobaqada sovrindor bo'ldi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2015, 11:50
Antaliya, 29 mart - Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan bolalar o'rtasida "Turkish holidays" ("Turkcha tatillar") deb nom olgan futbol festivali yakuniga etdi.
Bu musobaqada qatnashgan "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Xususan 2003 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2000, 2004 va 2006 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz 3-o'ringa ega chiqishdi. Kecha festivalning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Tafsilotlar haqida keyinroq rasmiy saytimiz orqali batafsil ma'lumot beramiz.







 
 




 

 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz