"Lokomotiv"ning ispaniyalik sobiq futbolchisi terma jamoaga chaqirildi

Mirjalol Normatov
20 mar 2022, 13:14
O'tgan mavsumda "Lokomotiv" tarkibida harakat qilgan Diego Bardanka Filippin termasidan chaqiruv oldi.

Filippin termasi 23 mart kuni Malayziya, 29 martda esa Singapur termalariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu ro'yxatdan Tailandning "Buriram Yunayted" jamoasi tarkibida harakat qilayotgan Diego Bardanka ham o'rin olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia