“Lokomotiv”ning Dohadagi mashg'ulotlari FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
16 mar 2015, 07:14
Doha, 15 mart – Osiyo Chempionlar Ligasi doriasida o'tkaziladigan navbatdagi guruh bosqichiga tayyorgarlik ko'rar ekan, “Lokomotiv” jamoasi “Al-Sadd” klubiga qarashli “Jassim bin Xamad” nomidagi stadionga chigalyozdi mashg'ulotlari uchun to'planishdi.
Soat kechki 18:45, Toshkent vaqti bilan 20:45.

Jamoani stadionning mashg'ulotlar maydonchasida o'yin kommisari janubiy- koreyalik Kim Yong Ju va Qatar Futbol Federatsiyasi vakillari kutib olishdi. “Lokomotivning” barcha talab va istaklari inobatga olingach, “temiryo'lchilar” qizg'in mashqlarga kirishib ketishdi.

Jamoaga ma'lum bo'lishicha, ertaga, 16 mart kuni, mahalliy vaqt bilan soat 10:45 da (T.V. 12:45), ikki jamoa bosh murabbiylari va futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Savollarga birinchi bo'lib Vadim Abramov javob bersa, undan keyin uning kasbdoshi, “Al-Sadd” bosh murabbiyi, asli marokashlik Xussayn Amotta jurnalistlar bilan yuzlanadi.

Matbuot anjumani tugagach, klub mamurlari o'yin oldi majlisida qatnashib, jamoalar qanday rangda o'ynashi aniqlab olinadi. Mazkur jarayon mahalliy vaqt bilan 11:30-12:00 orasida o'tkaziladi.

Aytib o'tish joizki, “Al-Cadd” o'z tarixida ikki bor (1989 va 2011 yillarda), Osiyo Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lib, OFK kubogini boshlari uzra sharafli ko'tarishga muvaffaq bo'lganlar. Ayni damda qatarliklar “S” guruhidagi baxslarda ishtirok etib, ikki o'yindan so'ng 4 ochko bilan, guruhda yetakchilik qilishmoqda.

Shunday bo'lsada biz sevimli jamoamizga omad tilab, yurtimizga mag'rur va g'alaba bilan qaytishlarini tilab qolamiz. Tafsilotlarni saytimizda kuzatib boring.


Bir jamoa - bir oiladek...


Serblar dueti: Kayashevich & Yanichich


Temurxo'ja "nechta gol ursammikin" - deb hayol surayotganmikin...


Abramov hamma yugursin dedi...


Gol urmasang, to'pdan ayb qidirma...


Metin himoya va aqlli hujum taktikasi...


Markazda kimning tandemi kuchli?


So'ng so'z sizdan murabbiy - munosib 11 tasini tanlang!

Karyandan o'tish qiyin...




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz