"Lokomotiv" yangi murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarni boshladi

Xayrulla Xoliqov
14 yanv 2021
"Temiryo'lchilar" joriy mavsumga hozirlikni boshlab yuborishdi.

Bugun TTYMI stadionida "Lokomotiv" futbolchilari yangi bosh murabbiy Mikael Sekeyra qo'l ostida dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi. Portugaliyalik mutaxassis jamoadagilar bilan tanishib olgach, yangi mavsumga barcha jiddiy hozirlik ko'rishini ta'kidladi. 

"Temiryo'lchilar"ning bugungi mashg'ulotida jamoaga yangi qo'shilgan Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov, Islom Qobilov, Abdumavlon Abdujalilov, Sanjar Qodirqulov, Xurshid Muxtorov kabi futbolchilar ham ishtirok etishdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz