"Lochin" stadioni qurilishi avjida

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
Kelayotgan mavsumda Pro ligada ishtirok etadigan Qarshi davlat universitetining "Lochin" klubi uchun oliygoh hududida barpo etilayotgan yangi stadionda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

"Hozirga qadar maydonning asosi hamda drenaj tizimiga oid ishlar yakunlangan. Ayni paytda maydon uchun zamonaviy sug'orish tizimi o'rnatildi, chim asosini tashkil etuvchi qum qavatini maydonga yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, jamoalar uchun mo'ljallangan kiyinish xonalari, matbuot anjumanlari zali hamda boshqa zaruriy xonalar joylashadigan binoda ta'mirlash ishlari davom etmoqda", – deyiladi PFL ma'lumotida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz