"Lokomotiv" "Shalke"ning turkiyalik hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2024
"Shalke" hujumchisi Kenan Karaman qiziqishlarini himoya qiluvchi "EMG Mundial" agentligining xabar berishicha, futbolchi xizmatlariga "Lokomotiv" tomonidan qiziqish mavjud.
"Biz "Lokomotiv" (Moskva) bilan Kenanning transferi bo'yicha muloqot qilyapmiz", - deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Karaman "Shalke" safida barcha musobaqalarda 31 o'yinda 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma etkazib berdi.