"Lokomotiv" O'FA bilan hamkorlikda totalizator bilan bog'liq holatni o'rganmoqda

Sherzod Nurmatov
5 sen 2022, 10:24
Bu haqda "Lokomotiv" klubi bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov bilan bog'langan saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar bermoqda.

"To'labek Akramov bilan gaplashdim.

"Lokomotiv" rahbariyati allaqachon O'FA bilan hamkorlikda vaziyatni o'rganishni boshlagan.

Agar tarqalayotgan ma'lumotlar tasdiqlansa, aybdorlar jazolanishidan klub manfaatdor. To'labek aka haqiqat qaror topmaguncha hech kim tinchimasligini aytdi", – deya xabar qildi Faxriddin Ro'ziev telegramdagi sahifasida.

Quyida ushbu shov-shuvli mavzuga oid maqolalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

O'yindan o't, "Lokomotiv"da ... chiqdi. Yoxud Kaxi yolg'iz emas

Jiddiy "yurishlar" payti keldimi?!

 "LOKOMOTIV" FUTBOLCHISI O'ZI ISHTIROK ETGAN O'YINGA PUL TIKKANMI?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia