APLning 3-raqamli to'purari totalizatorga pul tikkani uchun 8 oyga chetlatildi

Aslanov Jasurbek
17 may 2023
"Brentnford" hujumchisi Ayven Touni 8 oyga futboldan chetlatildi.

Ushbu qarorni Angliya futbol associaciyasi qabul qildi. Diskvalifikaciya bugundan amal qiladi, shu bilan birga futbolchi 50 ming funt jarima to'laydi.

Futbolchi pul tikishga oid reglamentni buzgani uchun jazolandi. Oldinroq FA hujumchiga 2017 yilning 25 fevralidan 2021 yilning 23 yanvarigacha bo'lgan muddat ichida 262 marta qoida buzgani bo'yicha ayblov e'lon qilgan edi, keyin ularning 30tasi bekor qilindi.

Touni mashg'ulotlarga 4 oydan so'ng qaytadi, maydonga esa 2024 yilning 16 yanvaridan tushishi mumkin.y


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: thefa.com