"Yuventus" futbolchisi totalizatorga aralashgani uchun 7 oyga chetlatiladi

Mirjalol Normatov
17 okt 2023
"Yuventus" yarim himoyachisi Nikolo Fajoli 7 oyga futboldan chetlatiladi.

Oldinroq 22 yoshli futbolchida noqonuniy stavkalarda qatnashgani bo'yicha shubxa ostiga olingandi.

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, futbolchining advokatlari va Italiya FF prokuraturasi vakillari futbolchining aybini tan olishgan. Shu orqali u 7 oyga chetlatilishi kutilmoqda.

Diskvalifikaciya muddati rasmiy bayonotda ma'lum qilinadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal