"Lokomotiv" nishonida Abduxoliqov, Gevorkyan va Jasur Hasanov

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013
Bugun "Lokomotiv" murabbiyi Xakim Fuzaylov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Lokomotiv" klubi 31 dekabrdan erkin agentga aylanadigan Temurxo'ja Abduholiqovga qiziqish bildirmoqda. "Temiryo'lchilar" ustozi Hakim Fuzaylov ham bu ma'lumotni tasdiqladi. Shuningdek, O'zbekiston vice-chempionlari nishonida Artur Gevorkyan ("Nasaf"), Jasur Hasanov ("Bunyodkor") kabi futbolchilar ham turibdi.

"Ha, Abduholiqov biz qiziqish bildirayotgan futbolchilar ro'yxatida bor. Tojievning jarohat olgani va yanvar oyi oxirlariga borib umumiy guruhga qaytishini inobatga olsak, yaxshi hujumchiga muhtojmiz. Temurxo'jada OCHLda qatnashish tajribasi bor. Birinchi raqamli og'riqli nuqta bu darvoza. Temur G'aniev va Sarvar Karimov bor. Uchinchi darvozabon tajribali va mahoratli bo'lishi kerak", - deydi Fuzaylov biz bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Lutfulla To'raev "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzib bo'ldi.


Kamoliddin Alimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia