

Joriy mavsumning birinchi davrasida "Navbahor" sharafini himoya qilgan Shodiyor Shodiboev va Ozodbek O'ktamovlar "temiryo'lchilar" safiga qo'shilishdi. Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati e'lon qildi.
Shodiboev joriy mavsum "lochinlar" safida jami 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. O'ktamov esa bitta bahsda o'yinda ishtirok etdi.





