"Lokomotiv" "Metallurg" sobiq o'yinchisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
5 yanv 2025
O'tgan mavsumni "Metallurg" safida o'tkazgan Xudoyshukur Sattorov "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi.

"Ma'lumot uchun, Xudoyshukur Sattorov 1998 yil 10 fevralda tug'ilgan. Markaziy himoyachi ampluasida to'p tepadi.

Futbolchilik faoliyati davomida shu paytgacha Superligada 88ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan. Qolaversa, O'zbekiston Kubogi doirasida 11ta o'yinda ishtirok etgan.

Xudoyshukur Sattorovga bo'lajak mavsumda omad tilagan holda "temiryo'lchilar" safiga xush kelibsan deb qolamiz", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати