“Lokomotiv” “Mashal” bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
1 mar 2017, 20:31
3 mart kuni Oliy liganing yangi mavsumi start oladi. Mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” ilk turda “Mashal” jamoasi mehmoni bo'ladi.

“Temiryo'lchilar” mazkur qarama-qarshilikka hozirlikni davom ettirishmoqda. Bugun kechki payt “Loko” futbolchilari navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi.

Mashg'ulot jarayonida asosan bo'lajak uchrashuvda qo'llaniladigan taktika ustida ish olib borildi. Mashg'ulot yakunida esa ikkiga bo'lingan holda o'yin o'tkazildi. Jamoamiz ertaga Qashqadaryoga yo'l oladi. Ertangi mashg'ulotni Qarshi shahrida tashkil etish rejalashtirilgan.

img_0058

 img_0076

 img_0082

 img_0086

 img_0101

 img_0114

 img_0134

 img_0167

 img_0200

 img_0276

 img_0288

 img_0347

 img_0416

 img_0500

 img_9983 img_9997


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz