"Lokomotiv" Jasur Jaloliddinov transferini rasman e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2020, 21:10
Moskvaning "Lokomotiv" klubi o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

18 yoshli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov Moskva "temiryo'lchilari" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Jasur "Lokomotiv" safida 23-raqamda o'ynaydi.

Oldinroq "Lokomotiv" Jaloliddinov uchun "Bunyodkor"ga 350 ming evro to'lashi haqida xabarlar chiqqandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia