“Lokomotiv” Jaloliddinov borasida bir qarorga keldi

Eldor Akmurzayev
13 okt 2020
“Temiryo'lchilar” yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni “Tambov”ga ijaraga berishga qaror qildi, deya xabar beradi “RB-Sport”.

Avvalroq, “Loko” 18 yoshli futbolchini RPL uchun qaydnomasidan chiqargandi. Ayni vaqt “Lokomotiv” va “Tambov” o'rtasidagi muzokaralar so'nggi bosqichda va yaqin kunlarda shartnoma imzolanadi.

"Tambov" RPL 10 turidan keyin 8 ochko to'plagan holda jadvalda 13-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Jaloliddionov o'tgan yili “Bunyodkor”dan moskvaliklar tarkibiga kelib qo'shilgan va klub bilan 5 yillik bitim tuzgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: РБ-Спорт