"Lokomotiv" futbolchisi: "Debyut qilishni ikki yil kutdim"

Mirjalol Normatov
3 noya 2018, 21:13
"Metallurg"ga qarshi o'yinda "Lokomotiv" yarim himoyachisi Farruh Ibrohimov jamoadagi debyutini amalga oshirgandi. 22 yoshli futbolchi "Lokomotiv" matbuot xizmatiga bu boradagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Debyut qilishni ikki yil kutdim. Menimcha birinchi o'yinim yomon bo'lgani yo'q. Albatta, barchada bo'lganidek o'yinga tushishdan oldin biroz hayajonlandim. O'sha vaqtda durang qayd etilayotgandi. "Lokomotiv"ga g'alaba kerakligini hisobga olsak, o'yinga hujumkor futbolchi maydonga tushsa kerak deb o'ylagandim. Bosh murabbiy aynan meni maydonga tushirishini esa kutmagandim. Menga imkoniyat bergani uchun Andrey Vitalevichga minnatdorchilik bildiraman.

"Bunyodkor"ga qarshi o'yin anchagina qiziqarli va jangovor ruhda o'tadi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Barchaning e'tibori yaqinlashib kelayotgan o'yinga qaratilgan. Bahsda g'alaba qozonib, uch ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz