“Lokomotiv” futbolchilari yangi mavsum oldidan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirishdi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2018
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari bugun normativ topshirishdi.

Xabaringiz bor,  futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish maqsadida O'FA test-sinovlari o'tkazib kelmoqda.  Mazkur test-sinovlari O'zbekiston Futbol Associaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bugun “Loko” vakillari 30 metrga yugurish,  uzunlikga sakrash,  7x50  metrga yugurish,   “Yo-Yo” test sinovlari,  to'pni belgilangan masofaga qo'lda va oyoqda etkazib berish (darvozabonlar uchun) bajarishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz