"Paxtakor" futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativlarni topshirishdi

Tolibjon Qosimov
27 fev 2018
Bugun "Paxtakor" jamoasi futbolchilari O'FA mutaxassisi Shamil Iseev boshchiligidagi guruh a'zolariga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativlarni topshirishdi.

"Jar" stadioni maydonida o'yinchilar belgilangan talablarni bajarish uchun harakat qilishdi. Normativlar 30 metrga yugurish, 7 marta 50 metrga chopish, uzunlikka sakrash va “Yo-Yo” sinovlari bo'yicha topshirildi.

Ushbu testlar futbolchilarning mavsumga qay darajada tayyor ekanligini aniqlash va bu borada zarur ko'rsatmalarni berish uchun o'tkazilmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz