

Dastlabki uchrashuv Toshkentda, Quvayt SK(Quvayt) - Ash-Shabob (Iroq) klublari o'rtasidagi o'yini g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
O'zbekiston klublari ichida Toshkentda OCHL baxslarini birinchi bo'lib boshlaydigan Lokomotiv futbol klubi matbuot xizmati Osiyo Chempionlar ligasi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi.
Pley-off bellashuvlarini bevosita Paxtakor stadioni media tribunasidan kuzatishni xohlagan barcha OAV xodimlari mazkur hujjatlarni taqdim etishlari shart:
- Ish joyidan jamoa matbuot xizmatiga rasmiy xat, pasport nusxasi, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat.
Shuningdek, OFK tomonidan belgilangan qoidaga ko'ra, har bir jurnalist maxsus anketani to'ldirishi kerak. Anketani hujjatlarni topshirish uchun kelganda to'ldirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Osiyo Chempionlar ligasi uchun akkreditatsiya jarayoni bugungi sana 17 yanvardan to 1 fevralga qadar davom etadi.



