"Lokomotiv" Eronga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2016, 11:36
Osiyo Chempionlar Ligasining "A" guruhidan joy olgan "temiryo'lchilar" bugun erta tongda Eronning Isfaxon shahriga uchib ketdi.

Jamoa 15 mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turi doirasida mahalliy "Sepaxon" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Sepaxon" va "Lokomotiv" klublari o'rtasidagi uchrashuv Sport telekanali orqali 15 mart kuni, 20:55dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi.

"Lokomotiv" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia