Ushbu uchrashuvdan oldin ikki tomon vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda o'yinning tashkiliy masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, jamoalar o'ynaydigan liboslar rangi ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, "Lokomotiv" oq, "Buxoro" to'q ko'k rangli liboslarda o'ynaydi.

