"Lokomotiv" Antaliyaga yetib keldi va bugundan mashg'ulotlarga kirishadi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2017
Bugun tongda Toshkentdan Turkiya sari parvoz qilgan "Lokomotiv" futbolchilari Istanbul orqali Antaliyaning Belek shahriga yetib kelishdi.

Jamoamiz a'zolari shahardagi eng ko'rkam mehmonxonalardan biri "Sueno Hotels Deluxe"ga joylashishdi.

Bu yil hisobidan ikkinchi xorij yig'inini o'tkazayotgan "temiryo'lchilar" bugundan mashg'ulotlarni boshlashadi. "Lokomotiv" Antaliyada 13 fevralga qadar bo'ladi va bu orada to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Biz bu haqda keyinroq to'liq ma'lumot beramiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz