

Saudiya klubi bilan Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda jarohati sabab qaydnomaga kiritilmagan Ikrom Aliboev umumiy guruhga qo'shilib ulgurdi. Seshanba oqshomiga qadar futbolchi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Jamoa yetakchilaridan biri Server Jeparovda esa aksincha – kichik jarohat bor. Bugun yarim himoyachi yakka holda mashg'ulot o'tkazdi va shifokorlar nazorati ostida bo'ldi. Qolgan barcha futbolchilar Yyelichich hamda Miklyaev ixtiyorida shug'ullanishdi.
“Lokomotiv” delegaciyasi 28 fevral kuni soat 10:00 da Jiddaga yo'l oladi. “Qirol Abdulloh” stadioni mezbonlik qiladigan “Al-Ittixod”ga qarshi bellashuv 1 mart – seshanba kuni soat 22:40 da boshlanadi.












