Lokatelli "Yuventus" bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Alisher
13 avg 2021
"Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Yuventus"ga o'tadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, o'yinchi "keksa sinora" bilan 5 yilga mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Futbolchining maoshi yiliga 3 million evroni tashkil etadi.

Bugun klublar rasmiy bitimga imzo chekishlari kutilmoqda. Turin grandi Lokatellini 35 million evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi.

Manuel o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira