"Livorno" kasodga uchradi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2021
Italiya klubi o'z rasmiy saytida klubni tugatish tartibi boshlanganligini e'lon qildi.

"To'q qizillar" katta miqdordagi qarzlar va mablag' yetishmasligi sababli bankrot deb e'lon qilindi.

Agar 19 iyulgacha sarmoyador topilmasa, uni saqlab qolish imkonsiz bo'ladi.

"Livorno" 2014 yilgacha A Seriyada o'ynagan. 2020/21 yilgi mavsum oxirida jamoa C Seriyada so'nggi o'rinni egallagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: livornocalcio.it