Italiyalik darvozabonning qonidan doping aniqlandi, uni jiddiy jazolar kutmoqda

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019, 19:20
Italiyaning “Livorno” klubi darvozaboni Luka Macconi taqiqlangan modda istemol qilgani uchun katta muammolarga duch kelishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, 34 yoshli darvozabon B seriya doirasidagi 17 fevral sanasida bo'lib o'tgan “Lechche”ga qarshi o'yindan (2:3) keyin doping testidan o'tgan. Tahlil komissiyasi futbolchining qonidan kokain metoboliti bo'lgan – benzoilekgonin moddasini aniqlagan. Shu sababdan chempionat mutasaddilari Macconini vaqtinchalik futboldan chetlatgan.

Luka Macconi joriy mavsum B seriyaning 20ta bahsida qatnashib, 25 bora o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. “Livorno” esa musobaqa jadvalining 14 pogonasida bormoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gazzetta.it