"Real" "Livorno" hujumchisi Favilliga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
12 avg 2016, 13:14
"Real" murabbiylar shtabi "Livorno" hujumchisi Andrea Favilli xizmatlariga qiziqish bildiryapti.

Bu ma'lumotni 19 yoshli futbolchining agenti Vinchenco Rispoli tasdiqladi.

"Nimadir bor, ammo hozircha hech narsa hal bo'lgani yo'q" - deydi Rispoli.

Favilli "Kastilya"da o'ynashi taxmin qilinmoqda.

Favilli so'nggi mavsumni "Yuventus"da ijarada o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttomercatoweb