Liverpulning Trent Aleksander-Arnold bo'yicha qarori ma'lum

Khoja
1 yanv 2025
Ingliz jamoasi har qanday holatda ham Trent Aleksander-Arnoldni qishda Real Madridga sotmasligini ma'lum qildi.

Agar Liverpul futbolchi bilan yangi shartnoma tuza olmagan taqdirda ham futbolchini qishda qo'yib yubormaydi. Ular mavsum o'rtasida jamoa yetakchilaridan biri bilan xayrlashishga tayyor emas.

Real Madrid futbolchini qishda 25-30 million evroga sotib olishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Trent Aleksander-Arnoldning Liverpul bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Angliyalik yarim yildan so'ng erkin agentga aylanadi. Himoyachi joriy mavsum 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia