“Liverpul”ning APLdagi mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ygan mutaxassis iste'foga chiqarildi

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2020
Angliya chempionati joriy mavsumining yakuniga 2 tur qolganda “Uotford” jamoasi ustozi Nayjel Pirsonni iste'foga chiqardi.

56 yoshli mutaxassis 2019 yilning dekabrni “Uotford”ni qabul qilib olgandi. “Qovoqarilar” jadvalda 34 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda va autsayderlar bilan oradagi farq atigi 3 ochkoni tashkil etmoqda.

“Uotford” joriy mavsum uchinchi murabbiyni lavozimidan bo'shatdi. Sentyabrda Xavi Garsiya iste'foga chiqarilgan bo'lsa, dekabrda Kike Sanches Flores jamoani tark etdi. Shu tariqa, klub mavsum davomida uch murabbiyni bo'shatgan APL tarixidagi ilk jamoaga aylandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka