"Liverpul"ning 18 yoshli futbolchisi bugun faoliyatidagi birinchi golini urdi

"Liverpul" yarim himoyachisi Kertis Jons Angliya kubogi doirasidagi "Everton"ga (1:0) qarshi uchrashuvda kiritilgan yagona golga mualliflik qildi.

Bu gol umidli angliyalik futbolchining professional faoliyatida amalga oshirgan dastlabki samarali harakatiga aylandi. Yana shuni takidlash kerakki, Jons 18 yosh-u 340 kunligida "Everton" darvozasiga yo'l topdi va Robbi Fauler zamonidan buyon bu ishni uddalagan eng yosh futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Robbi Fauler 18 yosh-u 338 kunligida Mersisayd derbisida to'p kiritgan (1994).


Manba: Opta Sports