“Liverpul”ga “Man Siti” futbolchisi kerak

Alisher
22 avg 2023
“Liverpul” markazdagi muammolarni “Man Siti” yarim himoyachisi Kelvin Fillips bilan yopishni reja qilgan.

Yurgen Klopp uzoq mavsumga Aleksis Makaallister va Vataru Endo tandemi etarli emas deb hisoblamoqda. Biroq Kelvin “shaharliklar”ni tark etish niyatida emas, shunga qaramasdan “qizillar” 27 yoshli yarim himoyachi bilan muzokara olib borishga umid qilmoqda. "Liverpul" futbolchi uchun 35 million funt to'lashga tayyorligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Fillips "Manchester Siti"ga o'tgan yil 45 mln funt sterling evaziga "Lids"dan ko'chib o'tgandi.


AlisherMuallif
Manba: sports.ru